Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Marg‘ilonda shahar prokurori rahbarligida samarali ishlar amalga oshirilmoqda
Marg‘ilon shahridagi Guliston MFY fuqarolari farzandlari uchun bolalar o‘ynash maydoni, aholi uchun guzar, kichik ayvonchalar bo‘lishini orzu qilar edilar. Bu borada fuqarolar bir necha bora o‘zlari ham harakat qildilar, biroq katta ish ustida kimdir bosh bo‘lmasa uning natijasi ko‘rimaydigandek.
Shahar prokurori Akmalxo‘ja Mavlonov rahbarligida ishchi guruhlar tomonidan samarali ishlar amalga oshirila boshlandi. Qorong‘u va qo‘rqinchli bo‘lgan mahalla burchagidagi maydonda garajlar o‘rnatilgan edi.

- Bu garajlardan aholi deyarli foydalanmaydi. Avvallari mashinani saqlash yoki uni berkitish uchun shu garajlarga muhtojlik sezilar edi. Endi zamonamiz tinch, mashinani ko‘chaga qo‘yib qo‘ysangiz hech kim tegmaydi. Bolalarimiz shu garajlar tomonidan o‘ynasa shikaslanmasin, deb qo‘rqib turar edik. Endi bu garajlar buzilayapti. Mahallamiz obod bo‘layapti. Yangi yo‘l tushadi, guzar barpo etilayapti. Bolalar o‘ynash maydoni qurilish ishlari boshlab yuborildi. Bizning mahallamiz ham boshqalarnikiga o‘xshab keng va yorug‘, tekkis ko‘chalardan iborat bo‘ladi. Xursandchiligimizning cheki yo‘q, - deydi Guliston MFY fuqarosi Buvichaxon Ahmadxonova.

Guliston mahallasi hududidagi 1126 kv. metr maydondagi ta'mirga muhtoj ichki yo‘llarni ta'mirlash uchun 20 mln. so‘m mablag‘ zarurligi, hududdagi tez tibbiy yordam shoxobchasini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlash uchun qo‘shimcha elektr tarmog‘iga ulash lozimligi aniqlanib, shahar Elektr ta'minot korxonasi rahbariga tegishli ko‘rsatma berildi.
Ahror Ziyo, Farg‘ona
Mavzuga oid
13:40 / 27.09.2025
Marg‘ilonda tez yordam mashinasi YTHga uchrashi oqibatida ikki kishi jarohat oldi
14:40 / 08.08.2025
Marg‘ilonda ko‘chada o‘ynab o‘tirgan yosh bolani Gentra'da bosib ketgan haydovchiga hukm o‘qildi
11:43 / 28.07.2025
Marg‘ilonda 35 mln dollarlik city qurilishi boshlandi
14:18 / 13.07.2025