Sport | 08:15 / 23.04.2017
3608
2 daqiqa o‘qiladi

RFPL. «Spartak» mag‘lubiyatga uchradi, Denisov jamoadoshlari durang o‘ynadi

Rossiya premer-ligasining 24-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuv Rostovda bo‘lib o‘tdi va unda mahalliy jamoa peshqadam «Spartak»ni qabul qildi.

Uchrashuvning 23 va 50-daqiqalarida Buxarov, birinchi bo‘lim so‘ngida Gatskan tomonidan kiritilgan gol «Rostov»ga yirik hisobdagi g‘alabani taqdim etdi. Natijada «Spartak» va TsSKA hamda «Zenit» o‘rtasidagi farq, mos ravishda 7 va 8 ochkogacha qisqardi.

Moskvaning «Lokomotiv» klubi esa o‘z uyida «Amkar»ni qabul qilib, 3:1 hisobida oldinda bora turib, g‘alabani qo‘ldan chiqarib yubordi. Uchrashuvda O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov to‘liq 90 daqiqa davomida harakat qildi.

Rossiya premer-ligasi, 24-tur

Rostov – Spartak 3:0 (2:0)
Gollar: Buxarov (23, 50), Gatskan (45).
Rostov: Medvedev, Mevlya, Navas, Simich, Kalachev (Terentev, 29), Yeroxin, Gatskan, Noboa, Bayramyan, Poloz (Mogilevets, 78), Buxarov (Azmun, 61).
Spartak: Rebrov, Tashchi, Kutepov (Melgarexo, 57), Djikiya, Zobnin, Glushakov, Fernando (Yeshchenko, 68), Kombarov, Popov (Samedov, 46), Ananidze, Promes.
Ogohlantirishlar: Bayramyan (43), Azmun (80).
Chetlatish: Glushakov (75).

Lokomotiv – Amkar 3:3 (1:1)
Gollar: Miranchuk (42), Tarasov (54), Fernandesh (56, penalti) – Bodul (22, 61, penalti), Prokofev (88).
Lokomotiv: Gilerme, Yanbayev, Kverkveliya, Chorluka (Mixalik, 80), Vitaliy Denisov, Maykon (Peychinovich, 81), Tarasov, Barinov, Fernandesh, Miranchuk, Ari.
Amkar: Xomich, Idovu, Zaytsev, Zanev, Konde, Gigolayev, Kostyukov (Gasilin, 70), Komolov (Yovichich, 46), Gol, Balanovich (Prokofev, 63), Bodul.
Ogohlantirishlar: Idovu (20), Xomich (55), Tarasov (71).

Terek – Anji 0:1 (0:1)
Gol: Braun Forbs (14).
Terek: Gorodov, Utsiyev, Semenov, Anxel, Pliyev, Kuzyayev, Ozdoyev, Roshi (Sadayev, 66), Grozav (Ivanov, 78), Mitrishev (Berisha, 64), Balay.
Anji: Yurchenko, Dudiyev (Bryzgalov, 36), Fibel, Jirov, Musalov, Katsayev, Guliyev, Tetrashvili, Yakovlev, Budkovskiy (Ezzatollaxi, 82), Braun Forbs (Dolgov, 62).
Ogohlantirishlar: Roshi (12), Dudiyev (30), Braun Forbs (52), Yurchenko (90), Katsayev (90).

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid