Jahon | 19:26 / 24.04.2017
8176
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Meksika bilan chegarada devor nimaga kerakligini tushuntirib berdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Meksika bilan chegarada devor qurishning yana bir sababini aytib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu mamlakatga giyohvand moddalar kirib kelishining oldini oladi.

«Devor – mamlakatimizga yoshlarni zaharlovchi giyohvand moddalar kirib kelishi bilan kurash uchun juda muhimdir», - deya yozdi Tramp tvitterda. Shuningdek, AQSh prezidenti o‘z chiqishlarida devor noqonuniy migrantlar oqimini to‘xtatish uchun kerakligini ham ta'kidlab o‘tgan.

Avvalroq AQSh adliya vaziri Jyeff Seshns Qo‘shma Shtatlar fuqarolari Meksika bilan chegarada devor bo‘lishini istashayotgani haqida ma'lum qildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid