Jahon | 00:43 / 24.04.2017
8390
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Suriyadagi masjidlarni ta'mirlashga kirishdi

Foto:AFP

Turkiyaning  diniy masalalar bo‘yicha prezidiumi (DİB, Diyonat nomi bilan mashhur) Suriyadagi davomli urush natijasida zarar ko‘rgan ko‘plab masjidlarni ta'mirlashni rejalashtirmoqda. Bu haqida Daily Sabah nashri xabar berdi

Manbaga ko‘ra, davlat fondi bosh vazir bilan hamkorlikda 66 masjidni qurish va ta'mirdan chiqarishni rejalashtirmoqda. 

Loyihalar Turkiya tomonidan boshqariluvchi "Frot qalqoni" amaliyoti o‘tgan joylarda amalga oshiriladi -  Kobanbey, Azaz va Jarablus ham shular jumlasidandir. 

Ba'zi masjidlar allaqchon ta'mirlanib, ishga tushirilgan. Xususan, Jarablusdagi Kabir, Nur va Hasan masjidlarining ta'mirlanish ishlarini tugallangan va qayta ishga tushirilgan.

Bundan tashqari, fond diniy ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda Turkiyaning sharqi va janubi-sharqida 127 masjidni ochgan va qayta tiklagan.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid