O‘zbekiston | 10:49 / 24.04.2017
3391
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga Falastin TIV delegatsiyasi tashrif buyuradi

24 aprel kuni Toshkentga Falastin Davlati tashqi ishlar vaziri Mazen Shamiya boshchiligidagi delegatsiya ikki tomonlama va xalqaro masalalarni muhokama qilish maqsadida tashrif buyuradi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tashrif doirasida Falastin delegatsiyasining Oliy Majlisda, Tashqi ishlar vazirligida, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida, Turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasida, Savdo-sanoat palatasida uchrashuvlari rejalashtirilgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid