Jahon | 15:18 / 24.04.2017
3079
2 daqiqa o‘qiladi

Venesuelada namoyishlar boshlanganidan beri 1,3 ming kishi qo‘lga olindi

Venesuelada ommaviy norozilik namoyishlari boshlanganidan beri qo‘lga olinganlar umumiy soni qariyb 1,3 ming kishiga teng. Bu haqda “Venesuela jinoyat bo‘yicha forumi” nodavlat tashkiloti rahbari Alfredo Romero Twitter’dagi sahifasida xabar berdi.

"4 apreldan boshlab hozirgi kunga qadar namoyishlarda qatnashganlik uchun 1289 kishi hibsga olindi", - deya yozdi Romero. Avvalroq 585 nafar inson qo‘lga olingani haqida xabarlar tarqagandi.

Juma kuniga o‘tar kechasi Parrokiya-del-Vale tumanida savdo nuqtalarini talon-toroj qilish boshlandi. Prokuratura u yerda birdaniga 11 inson halok bo‘lgani yuzasidan surishtiruv boshladi.

Ma'lumot uchun, Venesuelada ommaviy norozilik namoyishlari 4 apreldan boshlab o‘tkazilmoqda. Bu holat Oliy sudning muxolif milliy assambleyasi hokimiyatini jiddiy tarzda cheklovchi qaroridan so‘ng yuz berdi. Keyinchalik qaror bekor qilindi, biroq muxolifat vakillari sud a'zolari iste'foga ketishini talab qilib ko‘chalarga chiqishdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid