Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Shimoliy Koreyaga aviareyslarni tiklamoqchi
Xitoyning yetakchi aviatashuvchisi Air China 5 maydan boshlab KXDR poytaxti bilan havo qatnovini tiklaydi. Bu haqda Sina yangiliklar portali kompaniyadagi manbaga asosan xabar berdi.
"5 maydan boshlab Pxenyanga reyslar tiklanadi, parvozlarni bir haftada ikki bora amalga oshirish mo‘ljallanmoqda – dushanba va juma kunlari", - deya aytib o‘tdi manba jurnalistlarga.
Avvalroq Xitoy Markaziy televideniyesi Air China 14 aprel kuni Pxenyanga so‘nggi parvozini amalga oshirgani va bu yo‘nalishda yo‘lovchilar tashish to‘xtatilganini ma'lum qilgandi.
Ma'lumot uchun, Air China – Xitoyning KXDR bilan havo qatnovini amalga oshiruvchi yagona kompaniyasi. Pxenyanga va teskari yo‘nalish bo‘ylab reyslar haftasiga uch marotaba – dushanba, chorshanba va juma kunlari amalga oshirilgan.
Mavzuga oid
20:01 / 01.03.2026
Axloqqa zid va noqonuniy. Rossiya, Shimoliy Koreya va Xitoy Xominaiyning o‘ldirilishini qoraladi
23:12 / 28.02.2026
“Qaynoq nuqta”ga aylangan Yaqin Sharq: yuzlab reyslar bekor qilindi
13:55 / 28.02.2026
Eron va Isroil havo hududi yopildi
15:55 / 13.02.2026