Mehnat vazirligi Yaponiya bilan hamkorlikni rivojlantirmoqda
24 aprel kuni O‘zbekiston Mehnat vaziri Aziz Abduhakimov Xalqaro aloqalar tashkiloti Prezidenti Noriaki Suga boshchiligidagi Yaponiya delegatsiyasi bilan uchrashdi. Bu haqda Mehnat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda tomonlar, 2017 yil 1 noyabr kuni kuchga kiradigan “Xorijiy fuqarolar uchun texnik amaliyot dasturini tegishli ravishda amalga oshirish va xorijiy texnik amaliyotchilar himoyasini ta'minlash to‘g‘risidagi” yangi Qonun talabiga ko‘ra, Yaponiyaga texnik amaliyotchilarni yuborish bo‘yicha O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida yangi hukumatlararo bitim loyihasini muhokama qilishdi.
Uchrashuvda Mehnat vaziri Aziz Abduhakimov O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida o‘zaro ishonchga asoslangan do‘stona munosabatlar tashkil etilgani va ikki mamlakat o‘rtasida ko‘p o‘xshashliklar bor ekanini ta'kidlab o‘tdi.
Mehnat vaziri Yaponiya tomonini O‘zbekistonda to‘qimachilik sanoati, ipakchilik, plastik sanoati, metallurgiya, maishiy texnika, axborot texnologiyalari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohalari rivojlanish tendensiyalari bilan tanishtirib o‘tdi. U o‘zbek tomoni Yaponiyada bu tarmoqlarda fuqarolarning texnik amaliyot o‘tishidan manfaatdor ekanini ta'kidlab o‘tdi.
O‘z navbatida, Noriaki Suga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi va texnik amaliyotchilar tanlab olish bo‘yicha yangi mexanizm hamda talablar, texnik amaliyotchilarni tanlab oluvchi vakolatli organ qayta tashkil etilishi, shuningdek, Yaponiya mehnat bozorida mavjud ehtiyojlar haqida ma'lumot berdi.
Yaponiya tomoni Yaponiya ish beruvchilarini O‘zbekiston mehnat resurslari salohiyati va ularning professional ko‘nikmalari haqida xabardor etib, o‘zbek texnik amaliyotchilarini yapon korxonalariga jalb etish sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanini bildirdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar Yaponiyaga texnik stajyorlarni yuborish bo‘yicha hukumatlararo bitimni qisqa muddatlar ichida tasdiqlash haqida kelishib oldilar.
Mavzuga oid
19:55 / 11.11.2024
Yaponiyada Ishiba hukumatining yangi tarkibi tasdiqlandi
17:59 / 11.11.2024
Yaponiyaning asosiy meteorologik sun’iy yo‘ldoshi ishdan chiqdi
23:27 / 10.11.2024
Yaponiya Harbiy-dengiz kuchlariga tegishli kemada yong‘in chiqdi
20:03 / 08.11.2024