Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Zidan YeChL yoki Primerada g‘alaba qozonmasa «Real»ni tark etadi
Madridning «Real» futbol klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoa hech bo‘lmasa bitta musobaqada g‘alaba qozonmasa ishdan ketadi. «Real» La Ligadan tashqari, Chempionlar ligasida ham g‘oliblik uchun kurash olib bormoqda.
AS ma'lumotiga ko‘ra, fransiyalik mutaxassisning o‘rniga Antonio Konte, Maurisio Pochettino yoki Yoaxim Lyov bosh murabbiy sifatida kelishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, «Real» YeChL yarim finalida «Atletiko» bilan kuch sinashadi. Chempionatda esa madridliklar birinchi o‘rinni «Barselona» bilan bo‘lishib turibdi: jamoalar hisobida 75 ochkodan bor, biroq madridliklar bir o‘yin kam o‘tkazishgan.