Sport | 23:57 / 25.04.2017
14304
1 daqiqa o‘qiladi

«Real» yetakchilaridan biri YeChL yarim finalini o‘tkazib yuboradi

Madridning «Real» klubi hujumkor yarimhimoyachisi Garet Beyl mavsumning eng muhim qismini o‘tkazib yuboradi.

«Real» rasmiy sayti bergan xabarga ko‘ra, Beyl «Barselona»ga qarshi uchrashuvda chap oyog‘ining mushaklarini shikastlab olgan. Marca esa bu jarohatni tiklash uchun kamida uch hafta muddat kerak bo‘ladi.

Natijada uelslik dunyoning eng qimmat futbolchisi «Atletiko»ga qarshi YeChL yarim finalining 2 va 10 may kunlari bo‘lib o‘tadigan ikkala uchrashuvini ham o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi. Shuningdek, Beyl «Deportivo», «Valensiya», «Granada» va «Sevilya»ga qarshi uchrashuvlarda ham o‘ynamaydi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid