Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zamonaviy arxitektura: Niderlandiyadagi binoda smayliklardan foydalanildi
Arxitektor Changiz Tehroniy Niderlandiyadagi binoning tashqi tomoniga jilo berishda emodzi smayliklaridan foydalandi. U Amersfortdagi bino loyihasini tayyorlashda ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo‘lgan smayliklarni qo‘llashga ahd qildi.
Uy fasadini bezash uchun turli hissiyotlarni aks ettiruvchi 22 smaylikdan foydalanilgan. Ularning dizayni WhatsApp messenjerida qo‘llaniladigan smayliklar namunalaridan olingan. Ular pres-shakllar hosil qilish maqsadida 3D-modellarga aylantirilgan.

Tehroniyning so‘zlariga ko‘ra, avvallari arxitektorlar binolarni qirollar va gorgullar va tarixiy timsollar bilan bezashgan. Uning fikricha, 21-asr timsoliga aylangan smayliklar «zamonaviy gorgullar» bo‘lishi mumkin.

Tehroniy loyihalashtirgan bino — ko‘p funksiyalidir. Uning birinchi qavatida do‘konlar, ustki qavatlarida turarjoylar joylashadi. U kutubxona, teatr va maktab qarshisidagi uncha katta bo‘lmagan joyda qurilgan. Arxitektor talabalar va maktab o‘quvchilari binoni juda ko‘p suratga tushirganlari sababli zerikarli beton binoni qiziqarli loyihaga aylantirishning uddasidan chiqdim, deb hisoblamoqda.

Mavzuga oid
10:03
Ilon Mask 55 milliard dollarlik Terafab loyihasini ilgari surmoqda
22:32 / 09.06.2026
Niderlandiya bilan o‘yin ishonch berdi: O‘zbekiston JChga tayyor ekan!
19:11 / 08.06.2026
O‘zbekiston va Niderlandiya milliy jamoalari bir kunda ikkita o‘yin o‘tkazadi
17:17 / 07.06.2026