Jamiyat | 11:05 / 26.04.2017
3173
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropada qizamiq epidemiyasi – 4 mingdan ortiq inson jabrlandi

2017 yil boshidan Yevropa mamlakatlarida qizamiq tarqalishi sababli 4 mingdan ortiq kishi jabrlandi. Bu haqda “Rospotrebnadzor” matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

"Yevropa mintaqasi mamlakatlarida 2017 yil boshidan beri qizamiq bilan kasallanishga doir epidemik holat kuzatilmoqda. Jabrlanganlar soni 4000 nafardan oshadi", - deyiladi xabarda. 

Xabarga ko‘ra, Avstriya, Ruminiya, Bolgariya, Belgiya, Chexiya, Vengriya, Fransiya, Germaniya, Shvetsiya, Italiya, Portugaliya, Islandiya, Ispaniya va Shveytsariya kabi mamlakatlarda ushbu kasallik bilan xastalanish hollari qayd etilgan. Xususan, Ruminiya va Italiyada jabrlangan soni ko‘proq ekani ta'kidlangan. 

Boshqarmaning qayd etishicha, qizamiq tarqalishiga yuqoridagi mamlakatlar aholisining ushbu kasallikka qarshi emlanish darajasi past ekani sabab bo‘lgan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid