Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Atamboyev Qirg‘izistonda maktablar yetishmayotgani masalasi qanday hal etilishini aytdi
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev Issiqko‘l viloyati faollari bilan uchrashuvda “maktablar yetishmovchiligi muammosi shunday tarzda hal etiladiki, mamlakatda birorta aviariya holatidagi maktab qolmasligi” haqida aytib o‘tdi. Bu haqda prezident devonining axborot siyosati bo‘limidan xabar berishgan.
Ma'lumotlar ko‘ra, “savol-javob” shaklida o‘tgan uchrashuv davomida davlat rahbari “issiqko‘lliklar tomonidan 2015 yilning kuzida bo‘lib o‘tgan avvalgi uchrashuvda ko‘tarilgan masalalarning ko‘pi hal etildi, qolganlari, xususan, maktablar va boshqa ijtimoiy obektlarning qurilishi bilan bog‘liq boshqa masalalar esa o‘z yechimini topmoqda” degan.
Xabar qilinishicha, prezident iyun o‘rtalarida boshlanuvchi turistik mavsumga qadar Baliqchi-Cho‘lpon-Ota-Korumdu avtomobil yo‘lining Chok-Tal-Cho‘lpon-Ota qismi to‘la ta'mirdan chiqarilishini ham aytib o‘tgan.
Mavzuga oid
10:14
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara hududlarni o‘zaro almashdi
18:20 / 23.06.2026
Qirg‘iziston va O‘zbekiston qishloqlarini almashdi
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026