Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Elbrus cho‘qqisiga ko‘tarilayotgan ikki alpinist 4,9 ming metr balandlikdan quladi
Elbrus cho‘qqisiga ko‘tarilayotgan ikki alpinist tepalikdan quladi. Bu haqida Rossiya FVVning Elburs tog‘ qidiruv-qutqaruv otryadi (ETQQO) operativ navbatchisi Ruslan Djappuyev TASS agentligiga xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan soat 06:00 atrofida Elbrusning sharqiy tomonida, dengiz sathidan 4,9 ming metr balandlikda ikki alpinist pastga qulagani haqida xabar kelib tushgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, guruh to‘rt kishidan iborat bo‘lgan.
FVVning Elbrus tog‘ qidiruv-qutqaruv otryadi rahbari Abdulloh Guriyevning so‘zlariga ko‘ra, ikki alpinist ham halok bo‘lgan.
"Bu rossiyalik turistlar guruhi bo‘lib, ulardan ikki nafari hatto ro‘y bergan voqeadan keyin ham tog‘ cho‘qqisiga ko‘tarilishda davom etgan. Halok bo‘lganlar - tajribali gidlar, ko‘pincha Elbrusdagi alpinistlarga hamrohlik qilishardi. Ularning ikkisi ham Nalchikda yashar edi. Alpinistlarning qulashiga tog‘ yonbag‘ridagi ochiq muz sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin", - qo‘shimcha qildi Guriyev.
Mavzuga oid
14:35 / 24.06.2025
Tog‘li va cho‘l hududlarda turizm subsidiyalar bilan qo‘llab-quvvatlanadi
15:52 / 27.02.2025
Xitoy tog‘larida adashgan sayyoh tish pastasi tufayli omon qoldi
10:55 / 10.01.2025
Tog‘li hududlarda turizm majmualarini tashkil etishga 500 mln dollar investitsiya jalb qilinadi
09:35 / 24.12.2024