Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada spirtli ichimliklar sotuvi vaqtinchalik taqiqlanadi
1, 8 va 9 may kunlari Moskvada ommaviy tadbirlar o‘tkaziladigan joylarda spirtli ichimliklar sotuvi taqiqlanadi, pivo hamda shisha butilkalardagi salqin ichimliklar ham shular jumlasidandir. Bu haqida Moskva meriyasi saytida xabar berildi.
Taqiqlov shuningdek ommaviy tadbirlar o‘tkaziladigan joylar yaqinidagi do‘konlarga ham taalluqli.
"Spirtli ichimliklar savdosini cheklash choralarining ko‘rilishi ko‘ngilsizliklar, shuningdek noqonuniy xatti-harakatlarning oldini olish uchun zarur", - deya izoh beradi Moskva shahrining Mintaqaviy xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish departamenti rahbari Vladimir Chernikov.
Moskva shahrida yirik bayram tadbirlari vaqtida spirtli ichimliklar sotuvini taqiqlash an'anaga aylandi. Xususan, joriy yilning 23 fevral kuni hamda yangi yil bayram tantanalari davomida ham xuddi shunday taqiqlov kiritilgan.
Mavzuga oid
15:18 / 15.06.2026
Kuchli yog‘ingarchilik tufayli Rossiya hududlarini suv bosdi – fotolar
13:08 / 13.05.2026
Zelenskiydan troll-farmon, «muzlagan» front: urushda nima gap?
18:34 / 07.05.2026
Bu yil Moskvadagi G‘alaba paradida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari qatnashmaydi
20:39 / 27.04.2026