Sport | 14:48 / 27.04.2017
7008
1 daqiqa o‘qiladi

Ozod etilgan Halabda chempionat uchrashuvi o‘tkaziladi

27 aprel kuni Halab shahrida Suriya futbol premer-ligasi doirasidagi uchrashuv o‘tkaziladi. TASS agentligi xabariga ko‘ra, Halabning «Al-Ittihod» va Damashqning «Al-Jayish» jamoalari uchrashadi.

Uchrashuv va muxlislar xavfsizligini ta'minlash uchun rossiyalik harbiylar bataloni jalb etiladi.

«Hali ham hududda vaziyat butunlay tinchigani yo‘q. Stadionga kiruvchilardan petardalar olib qo‘yiladi, portlovchi moddalar olib kirilmasligi ta'minlanadi», — degan harbiy politsiya bo‘limi komandiri Aslambek Bersanov.

Ushbu uchrashuvga yo‘llar notinchligi uchun Damashqdan muxlislar tashrif buyurishmagan.

O‘tgan oyda ozod etilgan Halabda 25 aprel kuni ijtimoiy obektlar faoliyati tiklangandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid