Toshkentda o‘z uyida marixuana yetishtirgan “olg‘ir” ushlandi
Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurash borasida olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida oy boshidan 86 ta, hafta davomida 25ta holat aniqlandi. Toshkent shahriga kirib kelish postlarda yil boshidan 62 ta giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish jinoyatlari aniqlandi. Toshkent IIBBda bo‘lib o‘tgan brifingda shu haqda ma'lum qilindi.
Xususan, Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro o‘z uyida keyinchalik sotish maqsadida 10 tup marixuana o‘simligini o‘stirgani aniqlandi.
Toshkent IIBB xodimlari tomonidan Chilonzor, Uchtepa va Yunusobod tumanlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingan. Ularning yonidan 2,92 gramm marixuana musodara qilingan. Bundan tashqari, ushlanganlardan birining uyida 10 tup giyohvand o‘simligi o‘stirilayotgani aniqlangan.
Mazkur ish bo‘yicha JKning 276-moddasi 1-qismi (Giyohvand moddalarni sotish maqsadidan tashqari tayyorlash, sotib olish, saqlash va boshqa harakatlarni amalga oshirish) va 273-moddasi 5-qismi (Giyohvand moddalar yoki psixotrop moddalarni sotish maqsadida tayyorlash, sotib olish, saqlash va boshqa harakatlarni amalga oshirish) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
18:38
“Sharoitidan ham, o‘qituvchilaridan ham qo‘rqib ketdim” - Toshkentdagi o‘quv markazidan odamlar norozi
15:05 / 12.11.2024
Toshkent havosini ifloslantirishi mumkin bo‘lgan barcha obektlar nazoratga olindi - hokimlik
22:45 / 10.11.2024
Toshkentda «zakladchik»ni kaltaklagan uch nafar shaxs qo‘lga olindi
17:26 / 08.11.2024