Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Asad Venesueladagi voqealar ham Suriyadagi kabi ssenariy bo‘yicha ketayotganini aytdi
Hukumatga qarshi ommaviy noroziliklar o‘tayotgan Venesueladagi voqealar ssenariysi bejizga Suriyadagi voqealarga o‘xshash emas, chunki bu g‘alayonlarning ikkisining ortida ham AQSh turadi, deb aytdi Suriya prezidenti Bashar Asad. U bunday fikrni Venesuelaning TeleSUR telekanaliga bergan intervyusida bildirdi.
"Albatta, ular o‘xshash bo‘ladi, chunki ularni rejalashtirayotgan va hayotga tatbiq qilayotgan tomon bir xildir. Bu dirijyor sifatida AQSh va xorning tashkil etuvchilari sifatida G‘arb davlatlaridir", deb aytdi Asad.
Asadning aytishicha, Lotin Amerikasi davlatlari oxirgi o‘n yilliklarda o‘z xalqlari manfaatlarini himoya qilmoqdalar, bu esa AQShga "nomaqbul" hisoblanadi.
"Shuning uchun ular Ukrainadagi zarg‘aldoq inqilobdan tortib arab davlatlarida, Liviya, Suriya, Yamanda yuz berayotgan dunyodagi barcha hodisalarni Lotin Amerikasida qo‘llashmoqda ", deb qo‘shimcha qildi Asad.
Venesuelada noroziliklar 4 apreldan beri, mamlakat oliy sudining muxolif milliy assambleya hokimiyatini jiddiy cheklash qaroridan keyin davom etmoqda. Bu qaror keyinchalik bekor qilingan, biroq muxolifat bundan qoniqmay, sud a'zolarining iste'foga ketkazilishi va muddatdan avval saylovlar o‘tkazilishini talab qilmoqda.
Mavzuga oid
09:40
AQSh Senati Eronga qarshi urushni tugatish tarafdori
09:10
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026