Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda 30 aprel motam kuni deb e'lon qilindi
Qirg‘izistonda yer ko‘chkisi oqibatida odamlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan 30 aprel motam kuni deb e'lon qilindi.
Bu haqda Interfaks respublika prezidenti Almazbek Atamboyev farmoniga asosan xabar berdi.
«Fojia fuqarolarimiz hayotiga zomin bo‘ldi, bu butun Qirg‘iziston xalqi uchun bu og‘ir yo‘qotish. Davlat organlari tomonidan jabrlanganlar va halok bo‘lganlar jasadini qidirib topish bo‘yicha qutqaruv ishlari o‘tkazilmoqda, ularning yaqinlariga ko‘mak berish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda», - deyiladi farmonda.
Avvalroq Qirg‘izistonning O‘sh viloyati janubida yuz bergan kuchli tuproq ko‘chkisi oqibatida 24 kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergandik.
Qirg‘izistondagi kuchli ko‘chki oqibatida 24 kishi halok bo‘ldi
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026