Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya HHM tizimlari KXDR raketa sinovidan so‘ng shay holatga keltirildi
Rossiya Federatsiya kengashi qo‘mitasi rahbari Viktor Ozerovning bayonot berishicha, mamlakatning Uzoq Sharqdagi havo hujumidan mudofaa tizimlari yuqori jangovar shaylik holatida. Bunga KXDRning raketa uchirishi sabab bo‘lgan, deb xabar qilmoda RIA Novosti agentligi.
«Rossiya KXDRda nima bo‘layotganini juda diqqat bilan kuzatadi. Rossiyaning Uzoq Sharqdagi HHM tizimlari yuqori jangovar shay holatda. Biz Rossiya havo kuchlari majburiyatiga kiruvchi havo kengliklarini nazorat qilayapmiz», — degan Ozerov.
Senator so‘zlariga ko‘ra, albatta, Rossiya KXDR raketalari nishoni emasligini yaxshi biladi.
«Boshqa tomondan, texnika baribir texnika, shu sababli bizning harbiylar kutilmagan holatda raketalarning Rossiya hududiga tushishiga qarshi choralar ko‘rmoqda», — degan Ozerov.
Mavzuga oid
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
08:48 / 20.06.2026
Dunyo kosmodromlari xaritasi: kim eng ko‘p raketa uchirmoqda?
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026