Jamiyat | 19:12 / 29.04.2017
27819
1 daqiqa o‘qiladi

Sankt-Peterburgda O‘zbekiston fuqarosining jasadi topildi

Foto: nevnov.ru

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida O‘zbekiston fuqarosi baxsiz voqea qurboni bo‘ldi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar tarqatdi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, kecha, 28 aprel kuni Peterburgning Griboyedov kanali bo‘ylab joylashgan 18-uy hovlisida erkak kishining jasadi topilgan. O‘zbekistondan kelgan migrant ta'mirlash ishlari olib borilayotgan binoning 5-qavatidan qulab, zinalar ustiga tushgan.

Jasad ko‘zdan kechirilganda uning yonidan O‘zbekiston pasporti, ishlash uchun patent va bitta qurilish kompaniyasi bilan tuzilgan shartnoma chiqqan. Hozirda hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid