Jahon | 13:16 / 29.04.2017
5182
2 daqiqa o‘qiladi

Seul: KXDR raketa sinovi BMTning bir necha rezolyutsiyalarini buzadi

Foto: AP

Koreya respublikasi KXDRning ballistik raketa sinovini keskin ravishda qoralaydi. Bu haqda mamlakat TIV rasmiy vakili Cho Chjun Xyok OAV uchun o‘tkazilgan navbatdan tashqari brifingda ma'lum qildi. 

"Raketa uchirilishi BMT Xavfsizlik kengashining bir necha rezolyutsiyalarini buzadi hamda jahon hamjamiyati tinchligi va barqarorligi uchun jiddiy tahdid hisoblanadi", - deb ta'kidlagan janubiy koreyalik diplomat. 

"Pxenyanning o‘zini bunday tutishi Shimoliy Koreya hukumat vakillarining uzoqni ko‘ra olmasligini yana bir bor isbotlaydi", - degan diplomat. 

Koreya respublikasi shtab boshliqlari qo‘mitasi ham ushbu raketa sinoviga doir bayonot berdi. "Shimoliy Koreya fitnali siyosatini davom ettirayotgani uchun qimmatga tushadi", - deyiladi xabarda. 

KXDR, o‘z navbatida, o‘zini mudofaa qilish maqsadlarida raketa-yadro sinovini o‘tkazish huquqi borligini da'vo qilmoqda. Bu haqda mamlakatning markaziy nashri "Nodon sinmun" gazetasida so‘z yuritilgan.

Xalq respublikasi xalqi va armiyasi "Suriyadagi fojialardan so‘ng, yana bir marta o‘zini-o‘zi mudofaa qilishi uchun harbiy salohiyatini mustahkamlash zarurligini anglab yetdi", - deyiladi xabarda. 

Pxenyanning ishonch bildirishicha, AQSh tomonidan ko‘rsatilayotgan tahdidlar va shantaj sharoitida tinchlik va barqarorlikni ta'minlashning yagona yo‘li "yadro kuchlarini sifat va miqdor jihatidan mustahkamlash hisoblanadi".

Maqolada ta'kidlanishicha, "KXDR – Amerika kuch ishlatish siyosati qurboni bo‘lgan Iroq yoki Liviya emas, shuningdek, yaqinda AQShning raketa zarbalariga zudlik bilan qarshi choralar ko‘ra olmagan Suriya ham emas".

"Endilikda, oldindan ehtiyot chorasi sifatida preventiv zarba berish AQSh monopoliyasi hisoblanmaydi", - deyiladi gazeta chop etgan maqolada. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid