Jahon | 08:30 / 29.04.2017
3605
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Yevrokengash byudjyetiga to‘laydigan badalni minimumgacha kamaytiradi

Foto: RIA

Yevropa Kengashi parlament assambleyasi (YeKPA) Turkiyani monitoring qilish jarayonini qayta boshlash haqida qaror qabul qilgandan keyin, Turkiya Yevropa kengashiga to‘laydigan badalni minimum miqdorgacha kamaytirishga qaror qildi. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘lu ma'lum qildi.   

YeKPA 25 aprelda ko‘pchilik ovoz bilan Turkiyaning Yevropa kengashi oldidagi majburiyatlarini bajarishini monitoring qilish jarayonini "inson huquqlarini hurmat qilish, demokratiya va qonun ustuvorligini ta'minlash uchun " qayta boshlashga ovoz berdi. Turkiya tashqi ishlar vazirligi bu qarorni  keskin qoraladi va uni Turkiyaga qarshi siyosiy aksiya deb atadi hamda assambleya bilan munosabatlar qayta ko‘rib chiqilishi mumkinligini aytdi.

"Biz Yevropa kengashi byudjyetiga ulushimizni kamaytiramiz. Minimal badal to‘laymiz. Hozir u yerga delegatsiyani yuborish-yubormaslik hal qilinmoqda. Biz qabul qiladigan boshqa qadamlar ham mavjud. Ular afsus qilib qolishlarini bilsinlar. Bu siyosiy qaror", deb aytdi Chovusho‘g‘lu jurnalistlarga Toshkentdagi safaridan qaytayotgan samolyotda. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid