Abdulaziz Komilov Turkmaniston prezidenti bilan uchrashdi
30 aprel kuni Ashxobod shahrida “Markaziy Osiyo + Yaponiya” Muloqoti Tashqi ishlar vazirlarining oltinchi kengashida ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov qabul qildi.
Vazir O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmaniston prezidenti va butun turkman xalqiga yo‘llagan iliq salom va samimiy ehtirom so‘zlarini yetkazdi.
Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston prezidentining Turkmanistonga shu yilning 6-7 mart kunlari amalga oshirgan davlat tashrifi va oliy darajadagi muzokaralar davomida erishilgan kelishuvlar ruhida ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Qayd etilganidek, ikki davlat rahbariyatlarining siyosiy irodasi natijasida bugun davlatlararo aloqalar sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarilib, bu siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport-komminikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi o‘zaro manfaatli munosabatlarni faollashtirish, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, jumladan hozirda Turkmaniston raislik qilayotgan Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish imkonini berdi.
Mavzuga oid
21:50 / 10.10.2024
Shavkat Mirziyoyev Ashxobodga yetib bordi
19:07 / 13.09.2024
Abdulaziz Komilov AQShning Afg‘oniston bo‘yicha vakili bilan uchrashdi
11:10 / 14.08.2024
Abdulaziz Komilov: «Qo‘shnilar bilan hech qanday muammo bo‘lmasligiga erishish – tashqi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishi»
10:00 / 02.06.2024