Jahon | 10:14 / 30.04.2017
12560
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Obamani yana tanqid qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zidan avvalgi prezident Barak Obamani o‘zidan keyin mamlakatda tartibsizlik qoldirganlikda aybladi.  

"Biz 100 kun ichida erishgan tarixiy taraqqiyot haqida gapirishdan avval, oldingi ma'muriyat o‘zidan keyin tartibsizlik qoldirganini aytishimiz kerak", deb aytdi Tramp Garrisberg shahridagi nutqi davomida.

Uning aytishicha, AQShda ko‘plab yillar davomida ish o‘rinlari qisqartirib borilgan va zavodlar yopilgan. "Siyosatchilar bizning qo‘shinlarni boshqa davlatlar chegaralarini himoya qilishga yuborgan, vaholanki o‘z chegaralarimiz himoyasiz bo‘lgan", deb aytdi Tramp.

Tramp Meksika bilan chegarada devor qurilishini yana takrorladi va o‘z prezidentligining ilk 100 kuni ichida Meksika orqali AQShga o‘tuvchi noqonuniy muhojirlar oqimi 73 foizga kamayganini qayd qilib o‘tdi. Uning aytishicha, "immigratsiya tizimi AQSh fuqarolari xavfsizligini birinchi o‘ringa qo‘yishi kerak".

"Xavotirlanmang, bizda devor bo‘ladi, u bizga kerak va biz uni quramiz", deb aytdi Tramp. Uning aytishicha, "agar demokratlar qurilishga qarshi chiqib qanday yovuzlikni amalga oshirayotganlarini bilganlarida, unda bu loyihani hech qanday ikkilanishsiz oson qabul qilgan bo‘lardilar".

Tramp "avvalgi juda zaif ma'muriyat juda ko‘p jinoiy to‘dalarga AQSh chegarasini kesib o‘tishga ijozat berganini" aytib o‘tdi.

"Biz bu to‘dalarni yengmagunimizcha to‘xtamaymiz. Biz buni tezda amalga oshiramiz va ularni uylariga qaytishga majbur qilamiz", deb qo‘shimcha qildi Tramp.

Mavzuga oid