A Seriya. «Inter» «Napoli»ga yutqazdi, «Milan» yana autsayderga ochko ulashdi
30 aprel kuni Italiya A Seriyasining 34-tur uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Kunning markaziy uchrashuvida «Inter» «Napoli»ni qabul qildi.
Milanda kechgan uchrashuv taqdirini Xose Kallejon tomonidan kiritilgan yagona gol hal qildi.
«Milan» safarda «Krotone» bilan durang o‘ynadi - 1:1. 8-daqiqada Marsello Trotta mezbonlarni oldinga olib chiqdi, 50-daqiqada Gabriel Paletta hisobni tenglashtirdi. O‘yin yakunida rossonerilar safidagi Yuray Kutska ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi.
Turning qolgan uchrashuvlarida, «Bolonya» «Udineze»ni 4:0 hisobida yengdi, «Fiorentina» safarda «Palermo»ga yutqazdi (0:2), «Kevo» «Jyenoa» maydonida zafar qozondi (2:1), «Sassuolo» «Empoli»ni yengib qaytdi (3:1), «Kalyari» esa «Peskara»dan ustun keldi (1:0).
Italiya A seriyasi, 34-tur
Inter – Napoli 0:1 (0:1)
Gol: Kallejon (43).
Inter: Handanovich, D`Ambrozio, Medel, Murilo (Andreolli, 77), Nagatomo, Galyardini, Brozovich, Kandreva, Joau Mariu (Perishich, 60), Eder (Banega, 73), Ikardi.
Napoli: Reyna, Xyusay, Albiol, Kulibali, G‘ulom, Zelinski (Rog, 63), Diavara, Hamshik (Allan, 73), Kallejon, Mertens (Milik, 81), Insine.
Ogohlantirishlar: Murilo (52), Brozovich (56), Kulibali (65), Rog (73).
Krotone – Milan 1:1 (1:0)
Gollar: Trotta (8) – Paletta (50).
Krotone: Kordats, Rozi, Chekkerini (Dyusen, 70), Ferrari, Martella, Roden (Kapetstsi, 80), Barberis, Krisetig, Nalini (Stoyan, 53), Falchinelli, Trotta.
Milan: Donnarumma, Kalabriya, Sapata, Paletta, Vandjoni (Gomes, 90), Kutska, Lokatelli, Fernandes (Okampos, 78), Suso, Lapadula, Deulofeu (Bakka, 86).
Ogohlantirishlar: Ferrari (19), Kutska (24), Krisetig (26), Deulofeu (43), Falchinelli (90).
Chetlatish: Kutska (90, Milan).
Palermo – Fiorentina 2:0 (1:0)
Gollar: Diamanti (32), Aleesami (90).
Chetlatish: Astori (87, Fiorentina).
Kalyari – Peskara 1:0 (1:0)
Gol: Joao Pedro (23, penalti).
Djyenoa – Kevo 1:2 (1:0)
Gollar: Pandev (43) – Basten (60), Birsa (70).
Chetlatish: Depaoli (90, Kevo).
Empoli – Sassuolo 1:3 (1:2)
Gollar: Puchcharelli (24, penalti) – Peluzo (19), Matri (34), Dankan (57).
Bolonya – Udineze 4:0 (2:0)
Gollar: Destro (2, 59), Taider (45), Larangeyra (68, avtogol).
Mavzuga oid
12:12 / 23.04.2024
Derbida mushtlashuv va chetlatishlar. Italiyada chempion rasman aniq bo‘ldi
16:53 / 12.12.2023
«MYu» va «PSJ» guruhda qolib ketadimi? YeChLda so‘nggi tur savollari
08:17 / 30.07.2023
O‘rtoqlik o‘yinlari. «Bavariya»da g‘alaba, «Napoli» va «Roma»dan yirik hisob
12:10 / 11.06.2023