Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Duterte Trampning AQShga kelish taklifiga hozircha bandligi bilan javob berdi
Foto: Erik de Castro / Reuters
Filippin prezidenti Rodrigo Duterte AQSh prezidenti Donald Trampning AQShga kelish taklifi haqida o‘ylab ko‘rishini va hali bir to‘xtamga kelmaganini aytdi. Bu haqda GMA News nashri xabar bermoqda.
Duterte Trampning taklifiga rejalashtirib qo‘yilgan safarlar u uchun ustuvor ekanligi hamda jadvali juda ziqligi bilan javob bergan. "Men juda bandman. Men aniq va'da berolmayman, men Rossiyaga, Isroilga borishim kerak", deb aytdi Duterte jurnalistlarga.
Nashrning ta'kidlashicha, Duterte Isroilga safar qilishi haqida birinchi bor aytib o‘tdi. Dutertening aytishicha, u Rossiyaga may oyida boradi.
1 may kuni Tramp Filippin prezidentini AQShga taklif qilib, davlat departamentini g‘aflatda qoldirgani va endi AQSh ma'muriyati huquqni himoya qilish tashkilotlari tomonidan tanqidga uchrashga tayyorlanayotgani ma'lum qilingandi.
29 aprelda ikki yetakchi telefon orqali muloqot qilishgan.
Mavzuga oid
18:35 / 13.05.2025
Xalqaro jinoiy sud orderi bilan hibsga olingan Filippin sobiq prezidenti mahalliy saylovlarda g‘alaba qozondi
11:23 / 11.03.2025
Filippin sobiq prezidenti Rodrigo Duterte hibsga olindi
18:35 / 24.05.2022
Duterte Ukrainadagi urushni qoraladi
20:39 / 30.11.2021