Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda avtobus haydovchilari qarshi yo‘lda poyga uyushtirishdi
Foto: India.com
Hindistondagi shosselardan birida harakatlanayotgan ikki yo‘lovchi avtobusi haydovchilari o‘zaro kimo‘zar tashkil etishdi. Ushbu hodisa videosi Youtube saytiga joylashtirilgan.
Videolavhalarda avtobuslardan biri katta tezlikda ajratib turuvchi yo‘lakni bosib o‘tib, qarama-qarshi yo‘lda harakatlanishni davom ettirganini ko‘rish mumkin.
Mahalliy hukumat ushbu video e'lon qilinganidan so‘ng, surishtiruv ishlarini olib borib, aybdor haydovchilarining haydovchilik guvohnomalarini vaqtincha to‘xtatib qo‘ydi, deb yozadi The Times of India.
Nashrga ko‘ra, haydovchilarning bunday tez harakatlanishiga yo‘lovchi kompaniyalari tomonidan soatiga kamida 40 km masofani bosib o‘tish bo‘yicha o‘rnatilgan tartib sabab bo‘lishi mumkin. Yo‘llarda tirbandlik yuqori bo‘lgani tufayli buni bajarish oson ish emas, shunday ekan, haydovchilar imkoniyat bo‘ldi deguncha, maoshlarini boy bermaslik uchun shoshilishadi.
Mavzuga oid
13:00 / 02.05.2026
Jarima balli 12 ballga yetgan birinchi haydovchi ma’lum bo‘ldi
19:15 / 01.05.2026
MUMBAY. Xarobadagi milliardlar | SUBYEKTIV
08:35 / 27.04.2026
Ambanilarning 200 mlrd dollarlik biznes imperiyasi. Hammasi qanday boshlangandi?
09:00 / 26.04.2026