Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makron saylovlarga bir hafta qolganida Frexit taklif etdi
Fransiya prezidentligi uchun nomzod, "Marshda" harakati asoschisi, markazchi Emmanuel Makronning bayonot berishicha, YeI islohotlar o‘tkazishdan bosh tortsa, Frexit (Fransiyaning YeI tarkibidan chiqishi) istiqboliga duch kelishi mumkin. Bu haqda BBC xabar qilmoqda.
Makronning qayd etishicha, u "saylovoldi kampaniyasi davomida doim Yevropa g‘oyasi va YeI siyosatini himoya qilgan", chunki, uning fikricha, ular "Fransiya uchun zarur va mamlakat globallashuv jarayonida o‘z o‘rniga ega bo‘ladi". "Ayni vaqtda, biz vaziyatni baholashimiz, fuqarolarimizni eshitishimiz kerak, ularning bugungi kunda jahli chiqqan, YeIning buzilgan faoliyati endi o‘tmaydi", - degan Makron.
Shunga ko‘ra, prezidentlikka nomzodning aytishicha, u YeIning shu ko‘rinishda faoliyat yuritishiga yo‘l qo‘ysa, o‘ziga xos "xoinlik" bo‘ladi. "Men bunday qilmoqchi emasman, - deb ta'kidlagan Makron. – Chunki, biz Frexit yoki "Milliy front"ni qabul qilishimiz mumkin".
Fransiya prezidentlik saylovining birinchi turi 23 aprelda bo‘lib o‘tdi. Unda 11 nafar nomzod qatnashdi. Ikkinchi, hal qiluvchi bosqich 7 may kuni tashkil etiladi. Unda Emmanuel Makron va Marin Le Pen kurashadi.
Mavzuga oid
08:50 / 08.06.2026
SIPRI: dunyoda yadroviy qurollar soni yana o‘sishi mumkin
08:58 / 04.06.2026
Ukrainaning YeIga a’zo bo‘lishi yo‘lida muhim qadam tashlandi
20:14 / 31.05.2026
Fransiyada ozdiruvchi dori sotib olganlarning xarajatlari qoplab beriladi
19:55 / 29.05.2026