Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskva-Bangkok reysidagi favqulodda vaziyat oqibatlari videosi paydo bo‘ldi
Internetda "Aeroflot" aviakompaniyasining Moskva-Bangkok reysini amalga oshirgan samolyotining kuchli turbulentlik zonasiga tushishidan keyin samolyot ichidagi holat tasvirlangan video paydo bo‘ldi.
Videoda o‘rindiqlar orasidagi yo‘laklarda odamlar yotganini, hammayoq alg‘ov-dalg‘ov, buyumlar sochilib yotganini ko‘rish mumkin. Ba'zi odamlar o‘z joylarida o‘tiribdilar.
Rossiyaning Tailanddagi elchixonasi ma'lumotlariga ko‘ra, favqulodda vaziyat oqibatida 27 kishi jarohat olgan, ulardan 24 nafari rossiyaliklar. Jarohatlanganlar qo‘l-oyoq, umurtqa suyaklari sinishi, lat yeyish jarohatlari olganlar. Ular shifoxonalarga yetkazilganlar.
"Aeroflot" ma'lumotlariga ko‘ra, voqea samolyot qo‘nishidan 40 daqiqa oldin yuz bergan. Meteorologik lokator turbulentlik yaqinlashayotganini qayd qila olmasligi sababli, ekipajda yo‘lovchilarni o‘z joylarini egallashlari kerakligini aytish imkoniyati bo‘lmagan. Samolyot Moskva vaqti bilan soat 3:38da Bangkok aeroportiga qo‘ngan.
Mavzuga oid
09:29 / 06.11.2025
AQShda UPS samolyoti halokati qurbonlari soni 12 nafarga yetdi
19:03 / 29.10.2025
NASA shovqinsiz va tovushdan tez uchuvchi samolyotining ilk sinov parvozini o‘tkazdi
07:42 / 14.10.2025
Osmondagi elektr inqilobi: aviatsiyani barqaror kelajak sari yetaklovchi 10 ta apparat
07:36 / 11.10.2025