Jahon | 09:16 / 01.05.2017
7698
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Obama bilan oxirgi marta qachon suhbatlashganini aytdi

AQSh prezidenti Donald Tramp avvalgi davlat rahbari Barak Obama bilan so‘nggi bor o‘z inauguratsiyasi kuni – 20 yanvarda muloqot qilganini aytdi.

«Albatta, bu juda yomon, biroq bundan hayratda emasman», - deya aytib o‘tdi Tramp  Washington Times gazetasiga bergan intervyusida.

Avvalroq Tramp Obama uning saylovoldi kampaniyasini yashirincha tinglagani haqida bong urgandi. Keyinchalik kongressdagilar Tramp maxsus xizmatlar kuzatuvi ostiga tasodifan tushib qolganini ma'lum qilishdi.

 

Mavzuga oid