Erdo‘g‘an partiyaga qaytdi
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an hukumatdagi Adolat va Taraqqiyot partiyasi a'zoligini tikladi. Bu haqda Hurriyet xabar tarqatgan.
Partiya kengashining Anqarada o‘tgan yig‘ilishida u tegishli shakldagi bayonotni imzolagan.
Erdo‘g‘an 2001 yildan 2014 yilgacha partiya a'zosi bo‘lgan, ammo u 13 yildan keyin prezidentga aylanganida partiyani tark etgandi. Turkiya Konstitutsiyasi mamlakat prezidenti qaysidir siyosiy partiya a'zosi bo‘lishini betaraflik prinsipiga to‘g‘ri kelmaydi deb hisoblar va buni taqiqlardi.
Lekin aprel oyida konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha o‘tkazilgan referendum ma'qullanganidan keyin prezident partiyadan chiqishi shart bo‘lmay qoldi. May oyi oxiriga borib Erdo‘g‘an yana partiya raisiga aylanishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
09:35 / 22.08.2024
Ekspert guruhlari O‘zbekiston siyosiy partiyalari taqdim etgan imzo varaqalarini ko‘zdan kechirdi
14:11 / 21.08.2024
O‘zbekistonda barcha siyosiy partiyalarga parlament saylovlarida qatnashish uchun ruxsat berildi
08:55 / 19.08.2024
Siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlarning kamida 40 foizi ayollar bo‘ladi
21:23 / 19.02.2024