MSK ma’lumotiga köra, saylov qonunçiligiga köra, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Qonunçilik palatasi saylovida iştirok etuvçi siyosiy partiyalar taqdim etgan imzo varaqalari töğri töldirilganligini tekşiruvçi Ekspert guruhini tuzişi hamda beş kunlik muddatda tekşirib çiqişi belgilab qöyilgan.
Şundan kelib çiqib, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan joriy yil 10 avgust kuni "Siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalari töğri töldirilganligini tekşiruvçi ekspert guruhlarini tuziş töğrisida" qaror qabul qilingan edi.
Ekspert guruhi a’zolari tarkibiga Içki işlar vazirligi hamda Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Hujjatlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasining xatşunos ekspertlari, Toşkent davlat yuridik universiteti, şuningdek fuqarolik jamiyati institutlari vakillari jalb etildi.
Uşbu ekspert guruhlari tomonidan Saylov kodeksi hamda Markaziy saylov komissiyasining tegişli Nizom talablariga qat’iy rioya qilgan holda siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni, şu jumladan siyosiy partiyalarni qöllab-quvvatlovçi imzo varaqalarining töğri töldirilganligini, imzolarning haqiqiyligi tekşiriş jarayonlari bölib ötdi. Imzo varaqalarining töğri töldirilganligini tekşirişda siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari ham iştirok etdi.
Ekspert guruhlari tomonidan tekşiriş uçun saylovçilarning har bir siyosiy partiyani qöllab-quvvatlab berilgan imzolari bir xil miqdorda, har bir ma’muriy-hududiy tuzilmadan, ya’ni Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar, Toşkent şahridan teng nisbatda tanlab olindi.
Ekspert guruhi a’zolari imzo varaqasining töğri töldirilganligiga, tuzatişlarga yöl qöyilganiga, öçirib yozilgan tuzatişlar borligiga, turli şaxslar tomonidan töldirilganligiga, öxşaş imzolar borligiga, tasdiqlangan tuzatişlar borligiga e’tibor bergan holda har bir imzo varaqasini közdan keçirdilar.
Vizual tekşiruvda nuqsonlar yoki şubhali holatlar aniqlangan imzo varaqalari puxtaroq tekşiriş uçun saralab olinib, sohaning professional mutaxassislari bölgan kriminalist, xatşunos ekspertlar tomonidan yozuvlarni kattalaştirib körsatuvçi maxsus asboblar yordamida diqqat bilan tekşirildi.
Agar MSK tomonidan tanlab olingan imzo varaqalarini tekşiriş natijasida imzo varaqalari qonun buzilgan holda tuzilganligi aniqlansa mazkur imzo varaqalari siyosiy partiyaning vakolatli vakiliga qaytariladi va unga kamçiliklarni bartaraf etiş uçun ikki kunlik muddat beriladi.

















