Jahon | 08:28 / 02.05.2017
3224
1 daqiqa o‘qiladi

Kolumbiyada yengil samolyot qulashi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

Foto: Getty Images

Kolumbiyaning markaziy qismida Cessna turidagi bir motorli kichik samolyot halokatga uchradi. Uning bortida bo‘lgan barcha 8 kishi halok bo‘lgan. 

Fojia Kundinamarka departamentida yuz bergan. Samolyot mamlakatning markaziy qismidagi Melgar shahridan Bogota tomonga uchayotgan bo‘lgan. Taxmin qilinishicha, samolyotning qulashiga uning telekommunikatsiya antennasiga tegib ketishi sabab bo‘lgan, deb yozmoqda El Tiempo nashri.

Mamlakat prezidenti Xuan Manuel Santos halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid