Jahon | 18:38 / 02.05.2017
3172
1 daqiqa o‘qiladi

Shveytsariya razvedkasi Yevropada teraktlar tahdidi haqida ma'lum qildi

Foto: Reuters

Shveytsariya federal razvedka xizmati Yevropa mamlakatlarida terrorchilik hujumlari ro‘y berish xavfi borligi haqida ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Deutsche Welle.

«Shveytsariyada terrorchilik tahdidi darajasi baland bo‘lib qolmoqda. Yevropa, shuningdek Shveytsariya uchun eng katta xavf jihod g‘oyalaridan ilhomlangan terrorizmdan keladi», - deyiladi xabarda.

Razvedka fikricha, eng yirik xavf IShID g‘oyalaridan ilhomlangan guruhlardan keladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid