Jahon | 00:13 / 02.05.2017
4810
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Falastin rahbari Mahmud Abbos bilan uchrashadi

Foto:azaniapost.com

AQSh prezidenti Donald Tramp 3 may kuni Oq uyda Falastin muxtoriyati rahbari Mahmud Abbosni qabul qiladi. Bu haqda jurnalistlarga Oq uy matbuot kotibi Shon Spayser ma'lum qildi. 

Uning aytishicha, uchrashuv Abbosning AQShga rasmiy tashrifi davomida bo‘lib o‘tadi. 

Tramp Abbosni Oq uyga taklif qilgani 10 martda ma'lum bo‘lgandi. O‘shanda ikki yetakchi orasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tgan. Uchrashuv davomida 3 yil avval to‘xtab qolgan Falastin-Isroil muammosini tartibga solish jarayonini muhokama qilish taxmin qilinmoqda. 

Vashingtonda fevralda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan o‘tgan uchrashuvda Tramp Falastin-Isroil muammosini BMT rezolyutsiyasiga zid ravishda, ikkita davlat emas, balki bitta davlat yaratish bilan hal qilish mumkinligini aytgandi.

OAVning ma'lum qilishicha, Abbos, shuningdek, 11 mayda Rossiyaga 3 kunlik tashrif bilan keladi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid