Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari xonadonida (foto)
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari Sarvar Otamuratov Xiva tumani Sayot qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Ulliboy Bobojonovning xonadoniga tashrif buyurdi. Tashrif davomida 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan barcha o‘zbekistonlik faxriylar qatori Ulliboy boboga ham Prezidentimizning yo‘llagan tabrigi va tashakkurnomasini Sarvar Otamuratov o‘qib eshittirdi hamda sovg‘a-salomlarni topshirdi.
– Biz, urush qatnashchilari doimo davlatimiz e'zozida ekanimizdan behad xursandmiz, – deydi Ulliboy bobo. – Prezidentimiz nomidan pul mukofoti va mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yengil avtomashinani navbatsiz xarid qilish uchun imtiyozli sertifikat berishdi. Shifokorlar sog‘lig‘imdan xabardor bo‘lib turibdi. Dunyoda tinchlikdan aziz boylik yo‘q. Bu boylikni xalqimiz qadrlaydi. Osoyishtalik bo‘lgan joyda inson baxtiyor yashaydi. Ilohim, yurtimizdagi tinchlik abadiy bo‘lsin.
Bundan tashqari, Qashqadaryoda Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan deputatlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mahalla faollari, yoshlar Ikkinchi jahon urushi va mehnat faxriylari xonadonida bo‘lib, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatmoqda, ko‘ngillarini ko‘tarib, uy yumushlariga ko‘maklashmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Qarshi tumani Bog‘obod mahallasida yashovchi urush qatnashchisi 92 yoshli Ochil bobo Toshev xonadonida ham bo‘ldi.
– Inson tarixiy xotira tuyg‘usi bilan barhayot, – deydi “Nuroniy” jamg‘armasi Qashqadaryo viloyati bo‘limi raisi Yanvar Inoyatov. – Urush yillarida viloyatimizdan 47 mingdan ortiq fuqaro, jumladan, 96 nafar xotin-qiz janggohlarda ishtirok etgan. Ularning yarmidan ko‘pi ortga qaytmagan. Ayni paytda viloyatda 120 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi hayot. Ularga doimiy ravishda tibbiy va moddiy yordam ko‘rsatib kelinmoqda. Nogironlik aravachasi va boshqa zarur vositalar ajratilib, sog‘lomlashtirish tadbirlari tashkil etilmoqda. Bu kabi ezgu ishlardan faxriylarimiz mamnun bo‘lib, yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalik bardavom bo‘lishi, xalqimiz farovonligi yanada yuksalishini so‘rab, duo qilmoqda.
Qarshi shahrining Bog‘obod mahallasida yashovchi Ochil bobo Toshev Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Urushda uch marta og‘ir jarohat olgan. Urushdan qaytib, turli sohalarda ishlagan. 98 yoshni qarshi olayotgan Ochil bobo bugun farzandlari, nabirayu evaralari ardog‘ida. Urushda orttirilgan jarohatlar bitib ketdi, ammo uning dahshatli xotiralari hamon qalbini tirnaydi, ko‘ngliga og‘riq soladi. U kunlarni eslar ekan, nuroniy chehrasiga ma'yuslik cho‘kadi. Ko‘zlariga yosh qalqadi... Bugungi dorilomon kunlarga shukrona keltiradi...
– Yurtimiz doim tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin, – deydi Ochil bobo. – Biz kabi faxriylarga ko‘rsatilayotgan doimiy hurmat va e'tibor uchun davlatimiz rahbaridan minnatdormiz.
Ochil bobo xonadoniga tashrif buyurgan Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Feruza Eshmatova, tuman hokimligi, “Nuroniy” jamg‘armasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bo‘limlari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tuman kengashi va boshqa tashkilotlar vakillari otaxonga qimmatbaho sovg‘alar topshirdi.
Mavzuga oid
18:26 / 04.05.2026
“Prezident orzumga yetkazsin deyman” – farg‘onalik 106 yoshli urush faxriysi
10:22 / 19.01.2026
SSD’lar oltindek qimmatlashib ketdi
21:22 / 09.11.2025
SanDisk dunyodagi eng kichik 1 TB fleshkani taqdim etdi
08:50 / 04.10.2025