Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vitaliy Denisov jamoasi bilan Rossiya kubogida g‘alaba qozondi
Foto: Lokomotiv PFK
Rossiya kubogining finali doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda «Lokomotiv» «Ural»ga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv Sochidagi «Fisht» stadionida bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvning 76-daqiqasida Igor Denisov hisobni ochgan bo‘lsa, Aleksey Miranchuk so‘nggi daqiqada farqni ikkitaga yetkazdi. Uchrashuvning 94-daqiqasida ikki jamoa futbolchilar ommaviy janjallashib ketishdi va natijada uchrashuv hakami Aleksey Nikolayev to‘rt nafar futbolchini maydondan chetlatdi.
Ammo bu «Lokomotiv»ning kubokda zafar quchishiga xalaqit qila olmadi. Ushbu sovrin «temiryo‘lchilar»ning Rossiya kubogidagi yettinchi bosh sovrinni qo‘lga kiritishi bo‘ldi va bu orqali TsSKA rekordi bilan tenglashib olishdi.
O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov uchrashuvda to‘liq 90 daqiqa mobaynida maydonda harakat qildi.
Rossiya kubogi. FINAL
Ural – Lokomotiv 0:2 (0:0)
Gollar: Igor Denisov (76), Miranchuk (90).
Ural: Zabolotnyy, Dantsev, Novikov, Balajits, Tabidze, Dimitrov, Bikfalvi, Yemelyanov, Lungu, Pavlyuchenko, Ilin.
Lokomotiv: Gilerme, Vitaliy DeNISOV, Peychinovich, Kverkveliya, Denisov, Tarasov, Fernandesh, Ignatev, Maykon, Miranchuk, Ari.
Chetlatishlar: Fidler (90+6), Manucharyan (90+6) – Farfan (90+6), Ari (90+6).
Mavzuga oid
12:40 / 27.08.2025
Uralda mushkul ahvolda qolgan ona va bolalari O‘zbekistonga olib kelindi
12:51 / 25.08.2025
Uralda mushkul ahvolga qolgan olti nafar fuqaro qaytarildi
07:34 / 05.08.2025
Uraldagi ozarboyjon diasporasi rahbari Moskvada qo‘lga olindi
07:47 / 30.07.2025