Jumladan, O‘zbekiston Bosh konsulxonasiga Namangan viloyatida tug‘ilgan R.F. o‘zi va ikki nafar voyaga yetmagan farzandlarini vatanga qaytarishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan.
R.F. bilan o‘tkazilgan suhbat davomida uning haqiqatdan ham farzandlari bilan og‘ir ahvolda qolgani, ayrim hujjatlari yo‘qligi ma’lum bo‘ldi. Bosh konsulxona sa’y-harakatlari bilan hamyurtlarning hujjatlari rasmiylashtirib berildi va "Yekaterinburg–Namangan" yo‘nalishidagi samolyotga chipta sotib olindi.
Vatandoshlar 25 avgust kuni Bosh konsulxona xodimlari tomonidan Namanganga kuzatib qo‘yildi.











