Uralda mobil internet işlamay qoldi. Downdetector resursi ma’lumotlariga köra, Yekaterinburg, Çelyabinsk, Nijniy Tagil, Novouralsk va boşqa şaharlar aholisi ommaviy ravişda uzilişlar haqida şikoyat qilmoqda. Oxirgi 24 soat içida 3000 dan ortiq sörovlar qayd etilgan: odamlar xarid qiliş uçun veb-saytlar va ilovalarni oçiş imkoni yöqligini bildirgan. Yekaterinburglik foydalanuvçining yozişiça, mobil internet muntazam ravişda, ayniqsa keçki payt yöqolib qolyapti.

26 iyuldan beri mobil aloqa va internetda uzilişlar kuzatilayotgan Krasnoyarskda ham xuddi şunday muammo. Sönggi 24 soat içida Krasnoyarsk aholisidan deyarli 5 mingga yaqin şikoyat kelib tuşdi. Uyali aloqa operatorlari Maş'ga muammolar ularning aybi bilan emas, balki rasmiylar tomonidan kiritilgan xavfsizlik çoralari tufayli yuzaga kelganini aytdi. Uziliş taksi narxlarining uç baravar oşişiga olib keldi: internetsiz tizimlar safar narxini töğri hisoblay olmaydi va ilova kamroq maşinalarni körsatadi.

Krasnoyarsk ölkasi rasmiylari «Prospekt mira» naşriga «bu masala böyiça heç qanday ma’lumotga ega emasligini» aytib, mobil internetning uzilişi haqida izoh berişdan boş tortdi. Roskomnadzorning hududiy boşqarmasi federal idora matbuot xizmatiga murojaat qilişni tavsiya etdi. U yerda naşrning qönğiroqlariga heç kim javob bermadi: telefon signali örniga Don’t Worry, Be Happy qöşiği yangragan.

Rasmiylar may oyida Ukraina dronlarining hujumlari tufayli mobil tarmoqlarni faol ravişda bloklaşni boşladi. Öşanda çora-tadbirlar Ikkinçi jahon uruşidagi ğalabaning 80 yilligini nişonlaş vaqtida xavfsizlikni ta’minlaş zarurligi bilan izohlangan edi. Biroq, keyin uzilişlar muntazam bölib ketdi va Davlat dumasi rossiyaliklarga bunga könikişni va şikoyat qilmaslikni maslahat berdi, çunki mamlakat «gibrid uruş» holatida va xavfsizlik «kundalik qulaylik»dan yuqori bölişi kerak.