«Ozarboyjon-Ural» taşkiloti raisi Şaxin Şixlinskiy Moskvada qölga olinib, söroq qiliş uçun Yekaterinburgdagi Tergov qömitasiga olib ketildi, deb xabar berdi 66.ru manbaga tayanib. Ma’lumotni Uraldagi ozarboyjon diasporasi rahbariga yaqin manba tasdiqladi, deb yozadi E1.ru. Unga köra, Şixlinskiy hozirda ilgari qölga olişlar amalga oşirilgan jinoyat işlaridan biri böyiça tergov harakatlarida iştirok etmoqda.
Öz navbatida, 66.ru manbasining da’vo qilişiça, Şaxin Şixlinskiyga qarşi ikkita jinoiy iş qözğatilgan – qotillik va hokimiyat vakiliga nisbatan zöravonlik qöllaş moddalari böyiça. Diaspora rahbarining aniq maqomi hozirça noma’lum. Iyul oyi oxirida Rossiya Içki işlar vazirligi Şaxin Şixlinskiyga nisbatan qidiruv e’lon qilgani ma’lum böldi. Rossiya huquq-tartibot idoralari hozirça Şixlinskiyning qölga olingani haqidagi ma’lumotga rasman izoh bermagan.
Sönggi ikki oy içida Şaxin Şixlinskiy ikki marta uşlangan. 27 iyun kuni u ozarboyjon diasporasining boşqa vakillari bilan birga qölga olingan, biroq keyinçalik qöyib yuborilgan. Iyul oyi boşida Şixlinskiy öğli Mutvala bilan birga Yekaterinburgda uşlangan edi. Söroqdan keyin Şaxin Şixlinskiy qöyib yuborilgan, öğli esa tez orada hokimiyat vakiliga zöravonlik qöllaganlikda ayblanib, hibsga olindi. «Kommersant-Ural» xabariga köra, Mutvalani qölga oliş çoğida Şixlinskiy öz maşinasi bilan huquq-tartibot idorasi xodimini urib yuborgan.
Naşrning yozişiça, Rossiya xavfsizlik kuçlari Şaxin Şixlinskiyni etnik guruh rahbari deb hisoblaşi mumkin. Huquq-tartibot idoralaridagi «Kommersant» manbasining ta’kidlaşiça, guruh a’zolari turli xil noqonuniy faoliyat bilan şuğullangan – fohişalikni taşkillaştiriş va pornografiya tarqatişdan tortib, giyohvand moddalar savdosigaça.











