Jahon | 07:44 / 03.05.2017
7947
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh, Janubiy Koreya va Yaponiya Shimoliy Koreyadagi vaziyatni muhokama qildi

Foto: RIA

AQSh, Janubiy Koreya va Yaponiya mudofaa vazirliklari Shimoliy Koreyadagi vaziyat bo‘yicha videoanjuman shaklida uch tomonlama yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Pentagon matbuot xizmatida ma'lum qilindi.  

Ta'kidlanishicha, tomonlar Shimoliy Koreyaning Koreya yarimorolidagi tinchlik va barqarorlikka xavf soluvchi istalgan harakatlarini keskin qoralashgan. 

"AQSh Janubiy Koreya va Yaponiya xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha o‘z majburiyatlarini tasdiqlab o‘tdi", deb aytilgan Pentagon xabarida. 

Shuningdek, tomonlar mintaqaviy xavfsizlikni oshirish maqsadida uch tomonlama hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid