Buyuk Britaniya Brexit uchun Yevroittifoqqa pul to‘lashdan bosh tortdi
Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqi (YeI)dan chiqish jarayonida 100 milliard yevro to‘lamoqchi emas. Bu haqida mamlakatning Brexit ishlari vaziri Devid Devis ma'lum qildi.
Yevrokomissiya vakili Jan-Klod Yunker bundan avval Brexit bo‘yicha muzokaralar boshlangandan keyin Bryussel Londonga 60 milliard dollar miqdoridagi "hisob"ni taqdim etishini tasdiqlagan edi. O‘z navbatida, Yevroparlament vakili Antonio Tayani Buyuk Britaniya Yevroittifoqqa o‘nlab milliard to‘lashi kerakligini aytgan.
Chorshanba kuni Financial Times gazetasi Bryussel o‘z moliyaviy talablarini oshirgani va endilikda Buyuk Britaniyaning YeIdan chiqish jarayonidagi moliyaviy majburiyatlari 100 milliard yevroga baholanayotganini ma'lum qildi.
"Biz 100 milliard to‘lamaymiz. Qilishimiz kerak bo‘lgan yagona ish - barcha huquq va majburiyatlarni batafsil muhokama qilib olish", - dedi Devis Britaniyaning ITV telekanaliga bergan intervyusida.
Kuni kecha Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey YeIdan chiqish bo‘yicha muzokaralarda o‘z fuqarolari huquqlarini qat'iy va davomli himoya qilishga va'da berdi.
Mavzuga oid
20:25 / 23.10.2024
Britaniyada norovirusga qarshi dunyodagi birinchi vaksinani sinovdan o‘tkazish boshlandi
14:30 / 23.10.2024
YeI Ukraina uchun mablag‘ doirasida 18 mlrd yevro ajratishga tayyor
22:13 / 21.10.2024
Britaniya qul savdosi uchun uzr so‘rashdan yoki tovon to‘lashdan bosh tortdi
21:55 / 20.10.2024