Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Rossiyaga tashrif bilan kelmoqda
Foto: tccb.gov.tr
3 may kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Rossiyaga amaliy tashrif bilan keladi. Erdo‘g‘an Rossiyaga Vladimir Putin taklifi bilan kelmoqda. Uchrashuv Sochida bo‘lib o‘tadi.
Ikki yetakchi uchrashuvida ikki tomonlama munosabatlar, jumladan Moskvada 10 mart kuni erishilgan kelishuvlarning bajarilishi muhokama qilinadi.
Bundan tashqari, Putin va Erdo‘g‘an dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalarni, birinchi navbatda terrorchilikka qarshi va Suriyadagi vaziyatni tartibga solishga taalluqlilarini ko‘rib chiqishadi.
Eslatib o‘tamiz, Putin 2 may kuni Sochida Germaniya kansleri Angela Merkelni qabul qildi.
Mavzuga oid
09:01
Rossiyadagi eng yirik fosforli o‘g‘it zavodi yana dronlar hujumiga uchradi
22:53 / 13.04.2026
Rossiya O‘zbekistonga neft va gaz yetkazib berish hajmini oshirishini ma’lum qildi
18:36 / 13.04.2026
Kreml Orbanning mag‘lubiyati ortidan Vengriyani «do‘stona bo‘lmagan mamlakat» deb atadi
10:14 / 13.04.2026