Qirg‘izistonda ko‘chkida halok bo‘lganlar yaqinlariga moddiy yordam ajratildi
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev O‘sh viloyati, O‘zgan tumanidagi Ayu qishlog‘ida yuz bergan ko‘chkida halok bo‘lganlar qarindoshlariga moddiy yordam ajratishga ko‘rsatma berdi. Bu haqda prezident ma'muriyati axborot siyosati bo‘limida ma'lum qilindi.
Ta'kidlanishicha, Prezidentning ijtimoiy himoya jamg‘armasidan moddiy yordam ko‘rsatish uchun 700 ming som ajratilgan. Ko‘chkida halok bo‘lgan R.J.Abdrazakova, F.A.Qamchiyev, I.N.Qorgonbayev, M.N.Qorgonbayev, A.X.Razabayev, M.X.Razabayeva, X.Razabayevning qarindoshlari 100 ming somdan moddiy yordam olishadi.
Eslatib o‘tamiz, 29 aprel Ayu qishlog‘ida 200 ming kub metr hajmda ko‘chki yuz bergan. Buning oqibatida ko‘chki ostida 24 kishi qolib ketgandi.
Mavzuga oid
23:10
2024 yilda chet elga sayohatga borgan o‘zbekistonliklar soni ma’lum qilindi
11:38 / 22.10.2024
Qirg‘iziston o‘qituvchilarining o‘rtacha oyligi salkam 4 mln so‘mni tashkil etadi
21:08 / 16.10.2024
Rossiya bilan aloqalarni uzish haqidagi talablar adolatsiz – Sadir Japarov
17:49 / 16.10.2024