Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin va Tramp Shimoliy Koreyadagi "juda xavfli vaziyat"ni muhokama qilishdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh rahbari Donald Trampning telefon muloqoti taxminan 30 daqiqa davom etdi, deb xabar bermoqda Wall Street Journal gazetasi o‘z nomini oshkor etmagan amerikalik amaldorga asosan.
Putin va Tramp telefon orqali seshanba kuni kechqurun suhbat qurishgan. Uning davomida RF va AQSh rahbarlarining Hamburg shahrida shu yilning 7-8 iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan G20 yig‘ilishi vaqtida shaxsan uchrashishi masalasi ham muhokama qilingan.
"Telefon muloqoti taxminan 30 daqiqa davom etdi, u Putin tashabbusi bilan o‘tkazildi", - deya yozadi nashr amaldorga asosan. Ta'kidlanishicha, suhbat jarayonida qaysidir masala bo‘yicha jiddiy kelishuvga erishilmagan.
NBC telekanali Milliy xavfsizlik kengashining Oq uydagi vakili Maykl Entonga asosan xabar qilishicha, shaxsiy uchrashuv borasida aniq bir to‘xtamga kelinmagan.
Enton prezidentlar ehtimoliy shaxsiy uchrashuv imkoniyatini muhokama qilishganini tasdiqladi, biroq uning ta'kidlashicha, bu borada aniq fikrga kelishmadi, hamda muhokama xodimlar darajasida davom etadi.
Shuningdek, RF va AQSh rahbarlari “KXDRdagi juda xavfli vaziyatni qanday qilib ijobiy hal qilish mumkinligi” borasida ham fikr almashishgan.
"Ular KXDRdagi juda xavfli vaziyatni qanday qilib ijobiy hal qilish mumkin ekani haqida ham suhbat qurishdi", - deyiladi Oq uyning bu boradagi bayonotida.
Mavzuga oid
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
10:02 / 13.06.2026