Jahon | 16:50 / 03.05.2017
9517
1 daqiqa o‘qiladi

Shotlandiyalik syorfer dengizda o‘tkazgan 32 soatdan so‘ng tirik qoldi

Belfast sohil muhofazasi xodimlari oqim dengiz ichkarisiga olib ketgan syorferni 32 soatdan so‘ng qutqarib qoldi, deb xabar beradi NPR radiosi.

22 yoshli Mettyu Bryus Shotlandiya sohillaridan 20 kilometr naridagi dengizdan topilgan.

Topilgan vaqtida syorfer hushida bo‘lgan, hududni vertolyotda aylanib yurgan qutqaruvchilarga ishora qila olgan. Bir sutkadan ortiqroq vaqt ichida Bryusning suv o‘tkazmaydigan kostyumi uni sovuq dengiz suvida tirik qolishiga imkon bergan. Ayni paytda shotlandiyalik kasalxonada davolanmoqda.

“Meni davolayotganlardan juda minnatdorman. Men haqimda qayg‘urib, meni qutqarganlarning barchasiga tashakkur bildiraman. Ularning barchasi — qahramonlar”, — degan Bryus.

Mavzuga oid