Tojikistonda ketma-ket ikkita zilzila ro‘y berdi
Tojikiston hududida chorshanba kuni soat 09.47 da ikki yer silkinishi qayd qilindi, 2 ta uy zarar ko‘rgan, qurbonlar va jabrlanganlar haqida ma'lumot yo‘q. Bu haqda RIA Novosti Tojikiston favqulodda vaziyatlar bo‘yicha Qo‘mitasi matbuot markazi rahbari Umida Yusupovga asosan xabar tarqatdi.
“Zilzila o‘chog‘i Dushanbe shahridan 265 kilometr shimoli-sharqda, Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasida bo‘lgan”, - deya aytib o‘tdi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yer silkinishi o‘chog‘ida birinchi zilzila magnitudasi 4-5, ikkinchisiniki esa – 6 ballni tashkil etgan. Dushanbeda esa 3-4 ball bo‘lgan.
"Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, Laxsh tumanining Sargoy qishlog‘ida ikkita uy zarar ko‘rgan. Qurbonlar va jabrlanganlar yo‘q, boshqa vayronagarchiliklar yoki qurbonlar haqida xabarlar hozircha yo‘q", - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Yusupova.
Eslatib o‘tamiz, 3 may kuni soat 9:48da O‘zbekistonning sharqiy hududlarida ham zilzila qayd etildi. Toshkent shahri aholisi 4 ball atrofidagi yer qimirlashi kuchini sezishdi. Zilzila Farg‘ona vodiysida ham kuzatilgan. Andijon shahrida zilzila kuchi 3 ballni tashkil etgan.
Mavzuga oid
15:00 / 19.10.2024
Tojikistonda KXShT mashg‘ulotlarining faol bosqichi bo‘lib o‘tmoqda
07:30 / 17.10.2024
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Surxondaryoda sezildi
18:44 / 16.10.2024
Turkiya sharqida yana kuchli zilzila sodir bo‘ldi
22:55 / 12.10.2024