«O‘zbekiston havo yo‘llari» turistik yo‘nalishlarni kengaytirmoqda
«O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK O‘zbekiston turistik salohiyatini oshirish maqsadida Toshkent-Parij-Urganch-Toshkent va Toshkent-Milan-Urganch-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslarni amalga oshirmoqda.
Har hafta taxminan 400 nafar sayyoh Xorazm viloyatiga tashrif buyurmoqda. Ular ushbu o‘lkaning o‘ta noyob tarixi, obidalarini tomosha qilish va o‘zbek milliy oshxonasidagi ajoyib taomlarni tatib ko‘rish imkoniga egalar. Xorijiy mehmonlar uchun axborot ofislari va valyuta ayirboshlash punktlari tashkil etilgan.
Shuni ta'kidlab o‘tish joizki, ushbu dastur O‘zbekiston shaharlariga bo‘lgan turistik talabning ortgan mavsumida, shuningdek xorijiy turistlar uchun parvoz vaqtida maksimal qulaylik yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Mavzuga oid
17:47 / 15.10.2024
Toshkent tumanidagi “Shifobaxsh suvlar” hududida yana 5 ta sanatoriy quriladi
16:26 / 08.10.2024
2024 yilda xorijga sayohatga borgan o‘zbekistonliklar soni ma’lum qilindi
21:40 / 03.10.2024
Dunyodagi sayohat qilish uchun eng arzon va qimmat davlatlar ma’lum bo‘ldi
20:02 / 02.10.2024