Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kiyevda Yanukovich ustidan sud boshlandi
Foto: TASS
Ukraina poytaxti Kiyev shahrining Obolon tuman sudida mamlakat sobiq prezidenti Viktor Yanukovichning davlatga xiyonat qilishi ishi yuzasidan sud jarayoni boshlandi. Bu haqda «Interfaks-Ukraina» xabar bermoqda.
Yig‘ilishni bosh sudya Vladislav Devyatko ochib bergan. Payshanba kuni ishni bundan buyon asosiy masala bo‘yicha ko‘rib chiqish haqida qaror qabul qilinishi lozim.
TASS ma'lumotiga ko‘ra, sud Yanukovichga yig‘ilishda videoaloqa shaklida ishtirok etishga ruxsat bergan.
Sud 18 mayga qadar tanaffus e'lon qildi, unga qadar jarayonda ayblanuvchining ishtiroki tashkil etilishi lozim, deb xabar bermoqda RIA Novosti
Ukraina sobiq prezidenti davlatga xiyonat, Ukraina hududiy yaxlitligi va daxlsizligiga tajovuz qilish, tajovuzkor harbiy harakatlarni olib borishda ayblanmoqda.
Ma'lumot uchun, Yanukovich Ukraina prezidenti lavozimini 2010-2014 yillar davomida egallagan. U Yevromaydon – Kiyev va boshqa shaharlardagi ommaviy norozilik namoyishlaridan so‘ng mamlakatni tark etdi. Namoyishlarda 106 nafar inson halok bo‘lgani aytilgan.
Avvalroq Interpol Yanukovich va uning o‘g‘li haqidagi ma'lumotlarni o‘chirib tashlagani haqida xabarlar tarqaldi.
Mavzuga oid
16:09 / 19.03.2026
Kiyev Hindistondan qo‘lga olingan ukrainaliklarni ozod etishni so‘ramoqda
11:55 / 14.03.2026
Saudi Aramco Ukrainadan dronlar sotib olayotgani haqidagi xabarni rad etdi
14:24 / 13.03.2026
YeI “Drujba” neft quvuri atrofidagi vaziyatni tekshirmoqchi
13:52 / 13.03.2026